Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«RoboCUP» musobaqasi g‘oliblari Xitoy oromgohiga yo‘llanma oldi

«RoboCUP» musobaqasi  g‘oliblari Xitoy oromgohiga yo‘llanma oldi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yurtimizdagi iqtidorli yosh robototexniklar o‘rtasida o‘tkazilgan  «RoboCUP» televizion musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 11-iyun kuni  «Mening Yurtim» telekanalida  «RoboCUP” musobaqasining final ko‘rsatuvi namoyish etildi. «RoboCUP» musobaqasi Robo-sumo hamda Robo-futbol yo‘nalishdan iborat bo‘lib, 2 yosh toifasi, ya’ni 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda 16 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Dastlab 5–20 mart oralig‘ida Innovatsion rivojlanish vazirligining saytida arizalar onlayn tarzda qabul qilib olindi. O‘n kishidan iborat maxsus komissiya tomonidan Robo-futbol yo‘nalishi o‘yicha 16 ta jamoa va Robo-sumo yo‘nalishi bo‘yicha 12 ta jamoa tanlab tanlab olindi.

Robo-sumo yo‘nalishida ikki nafar ishtirokchidan iborat har bir jamoa Arduino platformasi asosida robotlar yaratdilar va robotlar mardu maydonda o‘z kuchlarini sinadilar. Ikki oy davom etgan televizion musobaqaning finaliga chiqqan Javohir Rahimov va Ibrohim Sultonov g‘alaba qozonib, Xitoyning Asian Science Camp oromgohiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Robo futbol yo‘nalishdagi musobaqa Lego konstruktorlari yordamida yasalgan robotlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu yo‘nalishda  «Just robotics» jamoasi g‘olib deb topildi. Jamoa a’zolari Habibulloh Akromjonov va Asrorxo‘ja G‘anixo‘jayevlar Turin politexnika universitetiga kirishda imtihonlarida qo‘shimcha 30 foiz imtiyozga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. G‘olib jamoa a’zolari mazkur imtiyozdan istalgan payt foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari ikki yo‘nalish bo‘yicha ham birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar sohiblariga maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring