Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Roskomnadzor» endi «Facebook»ni ham bloklamoqchi

«Roskomnadzor» endi «Facebook»ni ham bloklamoqchi

Foto:«Reuters»

«Роскомнадзор» rahbari Aleksandr Jarov 2018-yil oxirigacha ijtimoiy tarmoq Rossiya qonunchiligiga muvofiq ish ko‘rmagan taqdirda «Facebook» ham bloklanishini e’lon qildi. Bu haqda «Izvestiya» nashriga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«2018-yilning oxirigacha biz kompaniya bo‘yicha tekshiruv o‘tkazamiz va bu vaqtgacha bajarilishi shart bo‘lgan bir nechta bo‘limlar bor: Rossiya hududidagi rossiyalik fuqarolar ma’lumotlar bazasini lokallashtirish, barcha taqiqlangan ma’lumotlarni o‘chirish... va boshqa qonunlarga rioya qilish. Agar bulardan hech biri yoki birortasi bajarilmasa yoxud Rossiya hukumati ushbu harakatlarni amalga oshirish rejasidan xabardor qilinmasa, blokirovka masalasi ko‘tariladi», — deydi Aleksandr Jarov.

«Facebook»ning istiqboli xususida berilgan savolga siyosatchi «bashorat qilmaslik»ni taklif qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring