Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Rossiya-O‘zbekiston ilmiy ta’lim markazi ochildi

Toshkentda Rossiya-O‘zbekiston ilmiy ta’lim markazi ochildi

Foto: Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Moskva Pedagogika davlat universiteti rektori Aleksey Vladimirovich Lubkov tashrif bilan keldi. 

Delegatsiyan tashrifi davomida Toshkent davlat pedagogika universitetida A.F.Losev nomidagi Rossiya-O‘zbekiston ilmiy ta’lim markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida MPDU bilan tuzilgan yo‘l xaritasiga muvofiq hamkorlikda kadrlar tayyorlash, ta’lim sohasida aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. TDPU matbuot xizmatiga ko‘ra, kelgusi o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat pedagogika universitetida Moskva pedagogika davlat universiteti bilan hamkorlikda rus tili va adabiyoti fanidan mutaxassislar tayyorlash jarayoni yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda magistrlarning Moskvada malaka oshirishini tashkil etishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipov joriy yilning fevral oyida MPDUda bo‘lib, Moskvaning pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi oliy ta’lim muassasasida U.N.Nishonaliyev nomidagi O‘zbekiston-Rossiya ilmiy-ta’lim markazi ochilishida ishtirok etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring