Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya va AQSh: kun tartibida qanday masalalar bor?

Rossiya va AQSh: kun tartibida qanday masalalar bor?

Foto:«Russia Today»

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergev Lavrov AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Muloqot Amerika tomonining tashabbusi bilan uyushtirilgan.

«Muloqotda kun tartibidagi eng so‘nggi va dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ikki davlat tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar, Suriya muammosini tinch yo‘l bilan hal etish hamda Ukraina bo‘yicha gaplashib olishdi», — deyiladi xabarda.

Lavrov va Pompeo Rossiya va AQSh o‘rtasidagi har qanday tushunmovchilikni muloqot orqali bartaraf etish mumkinligini ta’kidlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring