Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi

Rossiyadagi saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi

Foto: «RIA Novosti»

Saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, Rossiya prezidentligiga nomzod — amaldagi prezident Vladimir Putin saylovda yetakchilik qilmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Putin hozircha 71,97 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

«Jamoatchilik fikri» fondining ma’lumotlariga ko‘ra saylovchilarning 77 foizi Vladimir Putinni qo‘llab ovoz bergan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Rossiya kommunistik partiyasidan nomzod Pavel Grudinin 11,8 foiz ovoz bilan egallab turibdi. Uchinchi o‘rinda esa Vladimir Jirinovskiy 5,9 foiz ovoz bilan bormoqda.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish umumrossiya markazi bergan ma’lumotlar ham deyarli shunga yaqin. Putin 73,9 foiz, Grudinin 11,2 foiz, Jirinovskiy 6,7 foiz ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring