Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyalik bir hafta yuragida igna bilan yashadi, olib tashlash uchun yurak to‘xtatildi

Rossiyalik bir hafta yuragida igna bilan yashadi, olib tashlash uchun yurak to‘xtatildi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyalik harbiy yuragida bir hafta igna bilan yurdi. Shifokorlar ignani olib tashlash uchun yurakni to‘xtatishga majbur bo‘lishgan.

Harbiyning aytishicha, u uyquga ketish oldidan tishini tikuv mashinasi ignasi bilan tozalagan, shundan so‘ng yotog‘ida qoldirgan. Kechasi joyida ag‘anaganda igna yelkasiga sanchilib, badaniga kirib ketgan va yurak o‘ng va chap qorinchalari oralig‘ida qolgan.

U shu holatda bir haftani yurib o‘tkazgan. Faqat igna kirgan joy yallig‘lanib, yiring bog‘lagach, mahalliy shifokorlarga murojaat qilgan. Saratovda ignani olib tashlash uchun muvaffaqiyatsiz urinish bo‘lib o‘tdi. Olib tashlash jarayonida igna sinib ketdi va yurak ichida qoldi.

Shundan so‘ng bemor Vishnevskiy nomidagi gospitalga olib kelingan. Bu yerda shifokorlar ignani olib tashlash uchun yurakni to‘xtatishlariga to‘g‘ri keldi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va bemor yurishni boshlagan. Jarroh Lishukning aytishicha, uning amaliyotida bunday holat uchinchi marta ro‘y bermoqda va yuragiga igna kirganlarning ikkisi harbiydir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring