Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi bayrog‘i tushirildi
Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi bayrog‘i tushirildi. RF tashqi ishlar vazirligi elchixonada ishlovchi rossiyalik xodimlar va ularning oilalari Ukrainadan evakuatsiya qilinishi haqida bayonot berdi.
Evakuatsiya ushbu xodimlar va ularning oilalari xavfsizligi uchun amalga oshirilmoqda, deyiladi «Interfaks» xabarida.
Avvalroq Kiyevni G‘arb mamlakatlari elchixonalari xodimlari tark etgandi. Xususan, AQSh diplomatlari ishxonani Lvovga ko‘chirib, qo‘shni Polshada tunashni rejalashtirishgan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter