Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rus tili ukrainaliklar uchun nimaga kerak?

Rus tili ukrainaliklar uchun nimaga kerak?

Foto:«ITAR-TASS»

«Ukrainaliklar rus tilini «dushmanning tilini bilish uchun zo‘r o‘rganishi kerak», – degan Ukrainaning sobiq transport va aloqa vaziri Yevgeniy Chervonenko «NewsOne» telekanaliga intervyu bera turib. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Chervonenkoning so‘zlariga ko‘ra, til muomalada raqobatni yuzaga chiqaradi.

«O‘zini madaniyatli deb bilgan kishi borki, albatta, ingliz tilini o‘rganishni tavsiya qiladi. Rus tiliga esa hech kimning ishi yo‘q. Bu – katta xato», – degan Chervonenko.

Shu bilan birga, Chervonenko rus tilini o‘rganish zarurligiga, uni kamsitmaslikka chaqirgan.

«Rus tilini xalqaro muloqot tili sifatida kamsitmaslik kerak. Raqiblarimizning tilini har doim zo‘r berib o‘rganishimiz kerak», – deya xulosa qilgan Yevgeniy Chervonenko.

Avvalroq ukrainalik podpolkovnik rus tilidagi menyu tufayli restoran xo‘jayinining jag‘ini sindirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring