Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sadir Japarov O‘zbekistonga keldi

Sadir Japarov O‘zbekistonga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 11-mart kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib olgan.

Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston – Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu Japarovning Qozog‘iston va Rossiyadan keyingi uchinchi xorijiy safari bo‘ladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring