Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sadir Japarovning raqiblari uni saylovlarni soxtalashtirishda ayblamoqda

Sadir Japarovning raqiblari uni saylovlarni soxtalashtirishda ayblamoqda

Foto:«24.kg»

Qirg‘iziston prezidentligi saylovida o‘z nomzodini qo‘ygan Adaxan Madumarov va Abdil Segizbayevlar saylovda g‘olib chiqqani aytilayotgan Sadir Japarovning muvaffaqiyatini tan olmasliklarini bildirdi.

Bu haqda mamlakatning 24.kg nashri xabar tarqatgan.

Adaxan Madumarovga ko‘ra, saylovlarda ommaviy soxtaliklar ro‘y bergan.

Xususan, uning aytishicha, maxsus xizmat xodimlari saylov uchastkalariga "test niqobi ostida (koronavirus uchun - tahr.)" flesh-disklar bilan kelgan. "Bunga hech kim qarshi chiqmaydi, lekin shuni aytishim kerakki, siyosatchilar hozir sukut saqlashadi, lekin ertaga butun xalqda savollar tug‘dirishi mumkin", deb Madumarovdan iqtibos keltiradi nashr.

O‘z navbatida Abdil Segizbayev ham natijalarni tan olmasligi va shikoyat yo‘llashini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarga qariyb 79 foiz ovoz bilan Sadir Japarov g‘alaba qozongani xabar berildi. Saylov 39 foiz davomat bilan eng past ko‘rsatkichlardan birini qayd etdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring