Saida Mirziyoyeva AQSh delegatsiyasi bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Navbatdagi Toshkent investitsiya forumi — O‘zbekistonning xorijiy hamkorlari bilan amaldagi loyihalar bo‘yicha rejalarni o‘zaro muvofiqlashtirib olish uchun qulay imkoniyatdir.
AQSh Eksimbanki prezidenti Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan muloqot davomida sanoat va moliya sohasidagi loyihalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi.
Qo‘shma investitsiya platformasini rivojlantirish mavzusiga alohida e’tibor qaratildi.
«Amerikalik hamkorlarimiz o‘zaro manfaatli biznes imkoniyatlaridan tashqari, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini ham katta qiziqish hamda hayrat bilan kashf etayotgani quvonarli holdir», deya ta’kidlaydi Saida Mirziyoyeva.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter