Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «Bugun «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasini boshlaymiz»

Saida Mirziyoyeva: «Bugun «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasini boshlaymiz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida «Sovg‘alar karvoni» xayriya aksiyasini boshladi. Bu haqda Agentlik bosh direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Caption

«Bugun «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasida Yangi yil bayrami arafasida biz «Sovg‘alar karvoni» xayriya aksiyasini boshlaymiz.

Ushbu karvon mamlakatimizning ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan barcha bolalar maktab-internatlariga yetkaziladi.

Loyiha rahbari sifatida shuni aytamanki, endi har bir internat zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari va Brayl alifbosida ko‘plab chop etilgan bosma hamda audio kitoblarga ega bo‘ladi.

Umid qilamizki, Agentlikning ushbu aksiyasi sizning qalbingizga iliqlik olib kiradi, sizga Yangi yilning bayramona kayfiyatini tuhfa etadi va salomatligingizni mustahkamlashda, ko‘zlagan maqsadlaringizni amalga oshirish va hayotda zafarlarga erishishingizda yordam beradi», deb yozmoqda Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring