Samarqand, Buxoro va Xorazmda dollar bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro A.N. fuqaro G.Sh.ga 3 900 AQSh dollarini 49,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.X. fuqaro U.A.dan 4 000 AQSh dollarini 50,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.I. fuqaro N.I.dan 4 000 AQSh dollarini 50,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.M. fuqaro F.K.dan 3 500 AQSh dollarini 44,3 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter