Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand osmonida havo shari

Samarqand osmonida havo shari

Foto: «xabar.uz»

Yurtimizda o‘tkazilayotgan «Yosh vatandoshlar» festivali ishtirokchilarining Samarqandga tashrifi bir umr esdan chiqmaydigan taassurotlarga boy bo‘ldi: ular havo sharida Registon maydonini «qush parvozi» balandligidan tomosha qildilar.

O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi mutaxassislari Toshkentdan olib kelgan chiroyli havo sharida dastlabki to‘rt ishtirokchi parvoz qildi. Ularning sog‘-salomat Registon maydoniga qo‘nganini ko‘rgan yoshlar orasida bu cheksiz zavq beradigan parvozning ishqibozlari ko‘payib ketdi.

Toshkentdan olib kelgan chiroyli havo sharida dastlabki to‘rt ishtirokchi parvoz qildi.

− Rossiyada ishlab chiqarilgan bu havo shari to‘rt kishining uchishiga mo‘ljallangan, − deb tushuntirdi ana shu ishni Samarqandda yo‘lga qo‘yish taraddudida yurgan tadbirkor Xayrulla Mamasoliyev. – Biz esa Germaniyadagi mutaxassislarga sakkiz kishilik havo shariga buyurtma berdik. Hademay sharimiz yetib keladi, ungacha Moskvaga o‘qishga yuborilgan yigitlarimiz ham kerakli sertifikatlarni olib, mutaxassis bo‘lib kelishadi. May oyidan Samarqandning o‘z havo sharlari osmonga ko‘tarilishni boshlaydi.

Ayni damlarda Registon maydonida Samarqand ahli va mehmonlar uchun «3D» mepping shousi namoyish etilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Sayohlarni jalb qilish maqsadida bu tomoshalar ham endi har oqshom namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Karimberdi To‘ramurod, «Xabar.uz»ning maxsus muxbiri. Samarqand shahri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring