Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ayollar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi

Samarqandda ayollar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi

Foto: «Report.az»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 22-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida o‘z joniga qasd qilish, ayniqsa, ayollar orasida bu holat ko‘payayotganini alohida ta’kidlagan edi.

«Xabar.uz» kolumnisti Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand shahar kengashi tomonidan 2017-yilning 10 oyi davomida oilalarda va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi xususida qayd etilgan raqamlar tahlil qilingan.

Aniqlanishicha, ushbu davr mobaynida Samarqand shahri bo‘yicha 1617 ta jinoyat sodir etilgan. Shahar mahallalarida Nurli yo‘l, Siyobcha, Ko‘ksaroy, Rasadxona, Alisher Navoiy, Bog‘i saroy, Bog‘i Temur, Nurli kelajak, Mustaqillik, Hunarmandlar, al Buxoriy, Dahbediy mahallalarida eng ko‘p jinoyatlar kuzatilgan.

Voyaga yetmaganlar o‘rsasida sodir etilayogan o‘ta og‘ir jinoyatlar asosan kollej o‘quvchilari tomonidan amalga oshirilgan.

O‘tgan 10 oy mobaynida Samarqand shahrida sodir etilgan turmush doirasidagi jinoyatlarning 10 tasi oilaviy kelishmovchilik sabab sodir bo‘lgan, ichki ishlar organlari tomonidan 151 nafar yengil tabiatli ayollar ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu 2016-yilga nisbatan 3 nafarga ortgan. Profilaktik hisobda turgan, surunkali ravishda spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan ayollar soni 74 ta bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 15 nafarga kamaygan.

Samarqand shahri mahallalarida o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari 2017-yilning 9 oyi davomida 52 tani tashkil etib, bu o‘tgan yilga nisbatan 13 taga oshgan. Achinarli jihati shundaki, xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari 2017-il 9 oyi davomida 15 tani tashkil etib, ushbu holat 6 taga oshgan.

2017-yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida shahar bo‘yicha jami 2 ta 15-16 yoshlilar o‘rtasida tug‘ruq qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring