Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda IIB xodimi tosh bilan urib jarohatlandi

Samarqandda IIB xodimi tosh bilan urib jarohatlandi

Shu yil 24-oktyabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi, mast holda bo‘lgan M.Yu. shu hududda xizmat olib borayotgan Pastdarg‘om tumani IIB xodimini haqorat qilib, chap peshona sohasiga tosh bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, xodimga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. M.Yu. ushlangan. Holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring