Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqanddagi konserva zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqanddagi konserva zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV

Bugun 24-oktyabr kuni Samarqand shahridagi «Spitamen shox» ko‘chasida joylashgan konserva zavodining omborida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Yong‘in haqida xabar soat 20:20da kelib tushgan. FVV hududiy boshqarmasining 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv guruhlari hodisa joyiga yetib borib, yog‘och materiallari va boshqa buyumlar bo‘lgan omborxonani o‘chirish uchun taxminan 50 daqiqa vaqt sarflashgan.

Yong‘inning umumiy maydoni 650 kv. metr. Yong‘indan tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring