Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda salkam 6,5 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani aytilmoqda

Samarqandda salkam 6,5 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani aytilmoqda

Foto: Uznews

Samarqandda salkam 6,5 mlrd so‘mlik gaz talon-toroj qilingani aytilmoqda

«Hududgazta’minot» xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tabiiy gazni talon-toroj qilgan AGNKSni aniqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu stansiyada loyiha-texnik hujjatlarda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha kompressor o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan, shuningdek, hisoblagichning ruxsat etilgan o‘lchov me’yorlaridan ortiqcha tarzda tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar 6 mlrd 480 mln so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring