Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Rashidov «Nasonal»dan ketdi. U yana Qatarda o‘ynaydi

Sardor Rashidov «Nasonal»dan ketdi. U yana Qatarda o‘ynaydi

Foto: Futbolium kanali

Sardor Rashidov «Nasonal»dan ketdi. Jamoa Portugaliya chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va quyi divizionga tushib ketdi.

Sardor Rashidov esa Qatarga qaytdi. «Futbolium» telegram-kanali tomonidan xabar qilinishicha, u endi «Qatar» SK tarkibida faoliyatini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Rashidov avval ham Qatar chempionatida o‘ynagan. U 2015 yilda «Bunyodkor»dan «Al Jaish» safiga borib qo‘shilgan va ikki yil davomida jamoa sharafini himoya qilgandi. Ushbu transfer o‘zbek futboli tarixida qiymati ochiq aytilgan ilk transfer bo‘lgandi. O‘shanda «Al Jaish» Rashidovni «Bunyodkor»dan 2,1 million dollar evaziga sotib olgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring