Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistonida ayollarga fuqaro mudofaasi kuchlarida ishlashga ruxsat berildi

Saudiya Arabistonida ayollarga fuqaro mudofaasi kuchlarida ishlashga ruxsat berildi

Foto: AP / Khalid Mohammed

Saudiya Arabistonida ayollar uch oydan oydan so‘ng xavfsizlik va mamlakat fuqaro mudofaasi kuchlari safida xizmat qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu haqida «Gulf News» nashri ma’lumotlariga asoslanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Shuningdek, qizlar uchun ta’lim muassasalarida fuqaro mudofaasi va xavfsizlik bo‘yicha maxsus kurslar ham ochiladi. Bu haqida mamlakat xavfsizlik masalalari bo‘yicha fuqaro mudofaasi kuchlari rahbari o‘rinbosari Abdurahmon Husayniy ma’lum qilgan.

«Biz bir qator universitetlarda har ikki jins vakillari uchun xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kurslar joriy etish maqsadida ta’lim vazirligi bilan birgalikda ishlaymiz», — degan Abdurahmon Husayniy.

Ayollarning ijtimoiy mavqeini o‘zgartirish Saudiya Arabistoni hukumatining «Vision 2030» strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Mart oyining boshida qirollikda ayollarga qurolli kuchlarda xizmat qilish huquqi berilgan edi. Hozirgacha 107 mingdan ortiq ayol armiyada xizmat qilish istagida ariza topshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring