Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya valiahd shahzodasi Misrda ekani aytildi

Saudiya valiahd shahzodasi Misrda ekani aytildi

Eronning «Keyhan» gazetasi saudiyalik valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon 21-aprel kuni saroyga uyushtirilgan hujum oqibatida o‘lgan bo‘lishi mumkinligini yozgan edi.

Bu xabarni Saudiya Arabistoni bilvosita yolg‘onga chiqardi. Salmon surati ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Muhammad ibn Salmon ofisining mudiri Badr al-Asokir «Twitter» sahifasi orqali valiahd ayni paytda Misrda ekanini aytdi. Badr al-Asokir shahzodaning Bahrayn qiroli Hamod ibn Iso al-Xalifa va Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiy bilan tushgan suratlarini ommaga namoyish qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu suratlarning eski ekani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring