Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sayohat» mehmonxonasining 4-qavatidan o‘zini tashlab yuborgan fuqaro vafot etdi

«Sayohat» mehmonxonasining 4-qavatidan o‘zini tashlab yuborgan fuqaro vafot etdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Sayohat» mehmonxonasida fojiali hodisa yuz berdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, surxondaryolik 31 yashar O.K. 10-avgust kuni soat 10:00 lar chamasida mehmonxonaning 4-qavatidagi xonadan o‘zini pastga tashlab yuborgan va vafot etgan.

O.K. shu yilning 4-avgust kuni charter reys orqali Rossiya Feredatsiyasidan Toshkent shahriga kelgan fuqarolardan bo‘lib, boshqalar qatori u ham karantinga olingan va poytaxtdagi «Sayohat» mehmonxonasining 4-qavatidagi xonalarning biriga joylashtirilgan. Undan «COVID-19» bo‘yicha test olingan, 9-avgust holatiga ham unda infeksiya aniqlanmagan.

Marhum bilan bitta xonada istiqomat qilgan fuqaroning aytishicha, O.K. Rossiyaning Qozon shahrida oila a’zolari bilan ishlab kelgan. Oxirgi kunlarda u turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi Qozonda qolib ketganidan qattiq siqilib, ruhiyatida salbiy tomonga o‘zgarishlar sezilgani aytiladi. Ruhiy zo‘riqish natijasida o‘zini yomon his qilib yurgan O.K. o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas.

Ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring