School 21 bo‘lajak IT mutaxassislari uchun saralash bosqichi muddatini 14 kungacha qisqartirib, ta’lim imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda
2026 yilda School 21 raqamli texnologiyalar maktabi IT sohasini egallashni yanada osonlashtiradigan bir qator o‘zgarishlarni joriy etdi. Saralash intensivining muddati qisqartirilganligi va asosiy ta’lim yo‘nalishlari kengaytirilganligi shular jumlasidandir.
Endi «Hovuz» 26 kun o‘rniga 14 kun davom etadi. Bu ishtirokchilarga ish yoki o‘qishdan uzoq muddatga uzilmagan holda, IT sohasida o‘zlarini sinab ko‘rish imkonini beradi. Shu bilan birga, saralash bosqichining o‘ziga xos prinsiplari, ya’ni yuqori tezlik, kunlik amaliy vazifalar, jamoaviy ish va motivatsiyani tekshirish o‘zgarishsiz qoladi. «Hovuz» esa har doimgidek insonlarning IT muhitida ta’lim olish va murakkab vazifalar ustida mustaqil ishlashga tayyorligini aniqlashga ko‘maklashadi.
School 21 ta’lim modeli «peer-to-peer» metodologiyasiga asoslangan bo‘lib, an’anaviy ma’ruzalar mavjud emas. Aksincha, barcha bilim va ko‘nikmalar haqiqiy kasbiy muhitga moslashtirilgan holda, birgalikda ishlash, tajriba almashish va haqiqiy muammolarga yechim topish orqali egallanadi.

2026 yilda bioinformatika, loyiha menejmenti va UX/UI dizayni kabi uchta yangi yo‘nalish ochilgan bo‘lib, hozirda ishtirokchilar uchun 12 ta ta’lim yo‘nalishi mavjud. Bular Backend, Frontend, mobil dasturlash va GameDev kabi dasturlashga oid yo‘nalishlarni, shuningdek loyiha menejmenti, UX/UI dizayni, DevOps va SRE, kiberxavfsizlik, QA muhandisligi, tizim va biznes tahlili, data science, mashina tilida o‘rganish hamda bioinformatika kabi IT sohasining dasturlash talab etilmaydigan yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Bunday keng qamrovli tanlov ishtirokchilarga IT sohasidagi kasbiy yo‘lini o‘z qiziqishlari, bilimlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda, belgilash imkonini beradi.
Ta’lim jarayonida alohida e’tibor qaratilgan yana bir jihat – bu IT kompaniyalarida ishlashga tayyorgarlikdir. O‘qish davomida ishtirokchilar loyihalar ustida ishlash, amaliyotga tayyorgarlik ko‘rish bilan birga, rezyume tuzishni va suhbatdan o‘tishni o‘rganadilar. Uch oylik amaliyot ta’limning majburiy qismi bo‘lib, aynan shu davrda ko‘pchilik o‘zining dastlabki ish taklifiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, 2026 yilga School 21 maktabning asosiy qadriyati – insonlar va ularning kasbiy yo‘li ekanligini o‘zida aks ettiruvchi «School 21 – Insonlar» rivojlanish konsepsiyasi bilan qadam qo‘ymoqda. IT sohasida o‘zini sinab ko‘rish, amaliyot orqali o‘rganish va o‘ziga xos sur’atda rivojlanish imkoniyati mavjud bo‘lgan bunday muhit va ekotizimniishtirokchilar, jamoalar, hamkorlar, volontyorlar va davlat institutlari birgalikda yaratmoqdalar.
O‘zbekistonda School 21 tashkil etilganidan buyon Samarqand va Toshkent kampuslariga 85 000 dan ortiq talabgorlardan arizalar kelib tushdi va ularning 9 600 dan ortig‘i saralash intensivi – «hovuz»da qatnashishga muvaffaq bo‘lishdi. Maktab atrofida faol kasbiy hamjamiyat va Yevropa hamda Osiyodagi 90 dan ortiq mahalliy va xalqaro tashkilotlardan iborat hamkorlik tarmog‘i shakllanmoqda. Bu ishtirokchilarga amaliy vazifalar, amaliyot o‘tash va dastlabki karera imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llarini ochib bermoqda.
School 21 ijrochi direktori Zarina Luxmanova ta’kidlaganidek:
School 21, bu eng avvalo, insonlar va ularning o‘z kasbiy yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha qabul qilgan ongli qaroridir. Bizga turli yoshdagi va turli tajribaga ega bo‘lgan insonlar, ya’ni IT bo‘yicha umuman tushunchaga ega bo‘lmaganlar, boshqa kasb sohiblari yoki sohada amaliy tajribasi bor bo‘lganlar kelishadi. Bu yerda har bir ishtirokchiga IT sohasini egallash uchun mavjud barsha shart-sharoitlardan hamda amaliyot orqali o‘rganish, bilmaganini so‘rash, xato qilishdan hayiqmay, qayta urinib ko‘rish mumkin bo‘lgan muhitdan foydalanish imkoni beriladi. Ishtirokchilar yangi kasbiy yo‘lni bosqichma-bosqich yaratib boradilar va bu jarayonda nafaqat ularning karerasi, balki butun hayoti ham o‘zgarib boradi.
Darhaqiqat, bunday o‘zgarishlar ortida insonlarning haqiqiy hayotiy hikoyalari turibdi. School 21da ta’lim olish ko‘plab ishtirokchilar hayotida katta burilish yasadi: ba’zilar IT sohasida tajribasiz holda kelib, yangi kasbni egallashdi, ayrimlar xalqaro bozorga chiqib, bugungi kunda xorijiy kompaniyalarda o‘z ish o‘rniga ega bo‘ldi, yana kimlardir o‘z startapini yo‘lga qo‘ydi. School 21 ishtirokchilar uchun o‘z karerasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda egallagan bilimlarini amaliyotda tatbiq etish imkonini beruvchi ochiq muhit va vositalarni taqdim etadi.

Shu o‘rinda, yaqin oradagi saralash intensivi 9 fevralga mo‘ljallanganligini aytib o‘tmoqchimiz. Bu kirish uchun qulay vaqtni tanlash va intensiv formatga oldindan tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
Keyingi saralash «hovuzlari» sanalari:
📍 Toshkent – 9 fevral, arizalar 5 fevralgacha qabul qilinadi
📍 Samarqand – 9 fevral, arizalar 5 fevralgacha qabul qilinadi
IT sohasida o‘z kuchini sinab ko‘rishni va School 21 a’zosiga aylanishni xohlovchi barchani saralash «hovuzi» va Ochiq eshiklar kuniga taklif etamiz. «Hovuz»ning eng yaxshi ishtirokchilari tanlangan yo‘nalish va o‘qish sur’atiga qarab, o‘rtacha 6 oydan 3 yilgacha davom etadigan asosiy ta’lim bosqichiga qabul qilinadi.
School 21 havolasi orqali o‘qish uchun ariza topshirish mumkin.
Samarqand
📧 samarkand@21-school.uz
📞 +998930394442
📍 Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 17a.
Toshkent
📧 tashkent@21-school.uz
📞 +998 93 039 4447
📍 Toshkent, Ziyolilar ko‘chasi, 13.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter