Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sel kelishi xavfi bor — bugungi ob-havo ma’lumoti

Sel kelishi xavfi bor — bugungi ob-havo ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Bugun, 10 may kuni kunduz kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgarib turadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 26-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, sel kelishi xavfi mavjud. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring