Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yelim paketlarni pullik qilish taklif etildi

Yelim paketlarni pullik qilish taklif etildi

Foto: «telegraph.co.uk»

Kelgusi yildan O‘zbekistonda yelim paketlarini bepul berish taqiqlanib, ular narxi mahsulotlar qiymatiga kiritilishi mumkin. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi muhokama uchun e’lon qilgan «Sanitar tozalash tizimlarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasida  2019 yil 1 yanvardan polimerdan tayyorlangan yelim paketlarni bepul berish taqiqlanishi ko‘zda tutilgan.

Qaror atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga qaratilgan. Loyihada polimerdan tayyorlangan yelim paketlar narxini sotilayotgan mahsulotlar narxiga kiritishda ular tannarxidan past qiymatlarni belgilashni taqiqlash ham taklif etilmoqda.

Polimer yelim xaltalar ishlab chiqaruvchilari va buyurtmachilariga savdo nuqtalarida nazorat-kassa mashinalari skanerlarida hisoblanishi uchun paketlarga maxsus kodlar tushirish majburiyatini yuklash taklif qilinmoqda.

Ushbu cheklovlar O‘zbekistonga olib kiriladigan yoki mamlakatda tayyorlanadigan savdo sohasida tovarlarni qadoqlashda qo‘llanilayotgan qalinligi 15 mikrondan, hajmi 5 litrdan kam bo‘lmagan paketlarga nisbatan joriy etish rejalashtirilmoqda. 2020 yil 1 yanvardan mazkur taqiq qalinligi 50 mikrondan, hajmi 10 litrdan kam bo‘lmagan paketlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ushbu taqiq sochiladigan va qattiq bo‘lmagan mahsulotlar qadog‘ining bir qismi hisoblangan, hajmi 1 litrgacha, biroq dastalari, reklama va axborot logotiplari bo‘lmagan paketlar, shuningdek savdo tarmoqlarida xo‘jalikda foydalanish uchun 50 tadan kam bo‘lmagan o‘ramdagi paketlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring