Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sevilya» yana YL kubogini o‘ziniki qildi

«Sevilya» yana YL kubogini o‘ziniki qildi

Yevropa Ligasi finalida Ispaniyaning «Sevilya» klubi Italiyaning «Roma»si bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvda dastlab Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Manchini o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va penaltilar seriyasida «Sevilya» ustun keldi.

Shu tariqa ispan klubi o‘z tarixida 7-bor Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi va Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oldi.

Yevropa Ligasi. Final
Sevilya — Roma 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:1.

31 may, «Pushkash Arena»
Gollar: Manchini (55, avtogol) — Dibala (35).
Sevilya – Bunu, Navas (Montel, 95), Bade, Gudel (Markao, 120+8), Telles (Rekik, 95), Rakitich, Fernando (Xordan, 120+8), Okampos, Oliver Torres (Suso, 46), Xil (Lamela, 46), An-Nosiri.
Roma – Patrisiu, Chelik (Zalevski, 91), Smolling, Manchini, Rojer, Spinatssola (Lorente, 106), Matich (Bove, 120), Kristante, Pellegrini (El-Shaaravi, 106), Dibala (Veynaldum, 68), Abraham (Belotti, 75).
Ogohlantirishlar: Matich (22), , Pellegrini (45), Manchini (48), Kristante (65), Rakitich (65), Chelik (74), Zalevski (105), Lamela (109), Xordan (120), Montel (120+4), Okampos (120+10).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring