Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun ringga ko‘tarilishi mumkin

Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun ringga ko‘tarilishi mumkin

Yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Rolando Romero (AQSh) navbatdagi jangini o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosovga qarshi o‘tkazishi mumkin. Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) bu haqda rasmiy bayonot berdi.

Romero chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan kundan boshlab 120 kun ichida uni himoya qilishi kerak edi. Muddat 1-sentyabrda tugadi. Amerikalik bokschi endi kamar uchun majburiy da’vogar Shahram G‘iyosovga qarshi ringga chiqishi shart.

Tashkilot majburiy jang to‘g‘risida qaror chiqargan. Romero G‘iyosovga qarshi majburiy jang o‘tkazishi shart.

WBA Romero va G‘iyosovning promouterlariga muzokara olib borish uchun 30 kun muhlat (13-oktyabrdan 13-noyabrgacha) berdi. Agar tomonlar kelisha olmasa, jangni tashkil etish huquqi ochiq auksionda aniqlanadi.

Ma’lumot uchun: Romero professional boksda 19 ta jang o‘tkazgan: 17 g‘alaba (13 ta nokaut), 2 ta mag‘lubiyat. Shahram G‘iyosov (17–0, 10 KO) professional ringda hali mag‘lub bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring