Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Mustafo Kamol turk xalqining atoqli farzandi, buyuk davlat arbobidir. U Birinchi jahon urushidan keyin parchalanib, okkupatsiyada qolgan mamlakatni ozod etgan. 1923 yilda mustaqillik e’lon qilib, hozirgi Turkiya Respublikasiga asos solgan hamda uning birinchi Prezidenti bo‘lgan. Mamlakatning bugungi taraqqiyotini belgilab bergan siyosiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarni amalga oshirgan. 1934 yilda parlament qonuni bilan unga Otaturk nomi berilgan. U dafn etilgan Anitkabir majmuasi xalq uchun juda qadrli maskanga aylangan.

Davlatimiz rahbari muzey bilan ham tanishdi, majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring