Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentiga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentiga ta’ziya bildirdi

Foto: «Asr.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga Florida shtati Parklend shahridagi «Marjory Stoneman Douglas High School» maktabida yuz bergan otishma yuzasidan ta’ziya bildirdi.

Xabar berganimizdek, voqea oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohat oldi.

«Florida shtatidagi «Marjory Stoneman Douglas High School» maktabida mudhish hodisa yuz bergani hamda unda insonlar halok bo‘lgani bizni chuqur qayg‘uga soldi», — deyiladi Prezident maktubida.

Davlatimiz rahbari ushbu voqea yuzasidan AQSh Prezidentiga ta’ziya bildirdi hamda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning oila a’zolari, yaqinlariga o‘z hamdardligini yetkazishni so‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring