Shavkat Mirziyoyev «Blackrock» katta boshqaruvchi direktorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga amaliy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida «Blackrock» investitsiya kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesini qabul qildi.
«Blackrock» — Amerikaning aktivlar va fondlarni boshqarish, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan yirik investitsiya kompaniyasi. Kompaniya aktivlari 11 trillion AQSh dollaridan oshadi.
AQShning yetakchi kompaniyasi bilan strategik sheriklikni, eng avvalo, energetika, transport va suv infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qo‘shma fond tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi. Tez fursatda Platforma konsepsiyasi kelishiladi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter