Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi bog‘chalarning biriga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi bog‘chalarning biriga tashrif buyurdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida Buxoro viloyatida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bolalar bog‘chalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yangilari barpo etilmoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyatida 343 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

54-maktabgacha ta’lim muassasasi 280 o‘ringa mo‘ljallangan. Bog‘cha binosi o‘tgan yili kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlangan. Bu yerda 31 nafar pedagog va tarbiyachi bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi. Bog‘chada tajriba tariqasida tashkil etilgan qisqa muddatli boshlang‘ich rivojlantirish markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’limning uslubiyatini takomillashtirish, malakali tarbiyachilar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring