Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: Buxoro viloyatida 90 ming ish o‘rni yaratiladi

Shavkat Mirziyoyev: Buxoro viloyatida 90 ming ish o‘rni yaratiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Peshku tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili viloyatda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifdan eng asosiy maqsad odamlarni ish bilan ta’minlash ekani, aniq loyihalarni hayotga tatbiq etish hisobidan viloyatda 90 ming ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilganini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratgan sub’yektlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mahalliy budjetga tushumlarni oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Joylardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi turmushi uchun qulayliklarni oshirishga e’tibor qaratilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring