Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Dehqon dalaga kirdimi, daromad topishi zarur»

Shavkat Mirziyoyev: «Dehqon dalaga kirdimi, daromad topishi zarur»

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod tumanidagi «Yusupov G‘ofurjon fayz» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta rivojini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati fermerlari bilan muloqotda g‘o‘zani 60 santimetr oraliqda qo‘shqator ekish, agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish, suvdan tejab foydalanish, paxtani qayta ishlash masalalari haqida so‘z yuritildi.

«Bizning kamchiligimiz qishloq xo‘jaligida ilmni ishlatmaymiz. Dunyo bozorida raqobat shafqatsiz. Unga munosib bo‘lish uchun avvalo ilm kerak. Yaxshi nav, yaxshi qarov, innovatsion texnologiyalar kerak. Dehqon dalaga kirdimi, daromad topishi zarur», — dedi Prezident.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

«Yusupov G‘ofurjon fayz» fermer xo‘jaligi joriy yilda 31 gektar maydonga g‘alla ekib, 71 sentnerdan oshirib hosil oldi. Bugungi kunda 47 gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarishlanmoqda. Undan 35 sentnerdan ziyod hosil olish mo‘ljallanmoqda.

Fermer eksportchi tashkilotlarga mosh, loviya, ichki bozorga kartoshka va sabzi sotish bo‘yicha shartnoma  tuzgan.

«Qishloq xo‘jaligida klaster usuliga o‘tyapmiz, fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlayapmiz. Bugun biz sizlarga ko‘mak bersak, ertaga sizlar xalqimizga ko‘mak bo‘lasizlar», — dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring