Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

11-oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashining Ashxoboddagi majlisi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari bugun yuksak darajaga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Uchrashuvda savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring