Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrif buyuradi

Foto: «President.uz»

Bu yil Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, Hindiston bosh vaziri Narendrа Modi rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi.

Ushbu ma’lumotni «Sputnik» muxbiri bilan suhbatlashgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohidov ham tasdiqlagan.

«Biz Hindistondan tashrif rejalashtirilgan, shuningdek, Fransiya bilan bog‘liq tashrif ham bor. O‘ylanmanki, bu haqda gapirsak bo‘ladi, chunki bularning hammasi rejalashtirilgan va bu borada ish olib borilyapti», — deb aytgan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.


Mavzuga doir: Vladimir Putin O‘zbekistonga keladi


Hozircha ushbu tashrif qachon amalga oshishi haqida aniq sana aytish qiyin, ammo Abduvohidovning ta’kidlashicha, bu voqealar kuz oylarida ro‘y beradi.

Bugun, shuningdek, Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodovning Fransiyaning favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sud-huquq tizimini isloh qilish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish hamda tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish sohalarida amalga oshirilayotgan aniq chora-tadbirlar bilan tanishtirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 10-may kuni Otabek Murodov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashtgan, oradan bir necha kun o‘tib, Mirziyoyev AQShga tashrif buyurgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring