Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-oktyabr kuni Nyu-Dehli shahrida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajni qabul qildi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar qildi.

Davlatimiz rahbari Svaraj xonim bilan avvalgi uchrashuvni mamnuniyat bilan eslab, ulkan natijalar kutilayotgan ushbu oliy darajadagi tashrifda uning xizmatlari katta ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindistonda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat borligi, tashrif davomidagi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitishi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring