Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» majmuasiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Shavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» majmuasiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.

Atrof bayramona bezatilgan. Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning rahbarlar tarkibi saf tortgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni ularni bayram bilan tabrikladi.

Harbiy orkestr ijrosida «Xotirlash kuyi» yangradi.

Prezident «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.

Bu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan ayrilgan jafokash va matonatli ona – Zulfiya aya Zokirova, uning sadoqatli kelinlari va yetim qolgan nabiralari xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. U xalqimizning urushdagi yo‘qotishlari, g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasining timsoli sifatida bog‘ markazidan o‘rin olgan. Bu yodgorlikka gul qo‘yish barcha O‘zbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.

Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillari ham majmua poyiga gullar qo‘ydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring