Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida Birinchi Prezident Islom Karimovning haykali ochilishi munosabati bilan va joylarda olib borilayotgan islohotlarni ko‘zdan kechirish uchun Qashqadaryo viloyatiga borishi haqida xabar bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 28-yanvar kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 24-25-fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. O‘tgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida viloyatda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirishni ko‘zda tutuvchi ko‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, Qashqadaryo viloyati 1924-yil 1-noyabrda tashkil topgan. Aholisi soni 3 million 148 mingdan ziyod. Umumiy yer maydoni 28 ming kvadrat kilometr. Viloyatda 182 ming gektardan ziyod ekin maydoni mavjud. Shundan sug‘oriladigan yerlar – 122 ming gektarga yaqin. Viloyat markazi – Qarshi shahri. Viloyatdagi 13 ta tuman, 2 shaharning har biri o‘ziga xos salohiyatga ega. 50 yirik sanoat korxonasi, 57 qo‘shma korxona, 14 ming 960 dan ziyod kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yekti, 20 ming 333 fermer, 19 ming 917 dehqon xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda.

Viloyatda 2017-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 17 trillion 366 milliard so‘mni tashkil etdi. Bandlik dasturi doirasida 70 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. 2 ming 711 ta, jumladan, sanoatda 776 ta, xizmat ko‘rsatishda 1 ming 115 ta va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 820 ta loyiha amalga oshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring