Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev rahbarlar oldiga mahallalar qiyofasini o‘zgartirish vazifasini qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev rahbarlar oldiga mahallalar qiyofasini o‘zgartirish vazifasini qo‘ydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Davlat rahbari aholi murojaatlari orqali joylardagi vaziyatni o‘rganib, mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilash vazifasini qo‘ydi.

Bu ishlarni, avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir bo‘lgan mahallalardan boshlash kerakligi, ulardagi yo‘llarni shag‘allashtirish, simyog‘ochlarni almashtirish, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va ta’mirlash lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, ushbu hududlarda ijtimoiy muhit, bog‘cha, maktab, shifoxona sharoitlarini yaxshilash, bir so‘z bilan aytganda, odamlarni rozi qilishga ustuvor ahamiyat berish muhimligi qayd etildi.

Mutasaddilar yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan hisobot berishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring