Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Qo‘shma bayonot imzolashdi

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Qo‘shma bayonot imzolashdi

Foto: O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati

Samarali muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan Qo‘shma bayonot imzolandi.

Tashrif doirasida sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 19 hujjat imzolandi. 2019-2023-yillarda sotsial-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo shartnoma va uni amalga oshirish dasturi ular orasida alohida ahamiyatga egadir.

Bundan tashqari, kuni kecha o‘tgan biznes-forumda umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq bo‘lgan shartnoma va bitimlar imzolangani ta’kidlandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda davlat rahbarlari muzokaralar ochiq va ishonch ruhida o‘tgani, natijalar shunga yarasha mustahkam va keng ko‘lamli bo‘lishini qayd etdi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentining 24 yildan keyingi tashrifi tom ma’noda tarixiy bo‘lgani, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitganini ta’kidladi.

Tashrif davomidagi muhokamalar O‘zbekiston va Belarusning ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini tasdiqladi. Bu o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlab, uni sifat jihatidan yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi, dedi davlatimiz rahbari.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring