Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Yoshlar markaziga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Yoshlar markaziga tashrif buyurdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifining ikkinchi kunida Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bajarilgan ishlarni yuqori baholab, bu yerda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlarni birlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Ma’lumot uchun, ushbu markaz 2017-yil 30-dekabrda foydalanishga topshirilgan. Bu yerda yoshlarning talab va qiziqishlaridan kelib chiqib, 16 to‘garak tashkil qilingan. 800 o‘rinli majlislari zali, konferensiya va kino zallari, xodimlarning xizmat xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring