Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning g‘azabiga duchor bo‘lgan Ostrogorskiy kim?

Shavkat Mirziyoyevning g‘azabiga duchor bo‘lgan Ostrogorskiy kim?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Foto: «Voanews.com»

Shu yilning 22 dekabr kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga murojaatnoma yo‘llagan, Videokonferensaloqa rejimida o‘tgan hamda «O‘zbekiston 24» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston rahbari moliya vazirligi faoliyatini qattiq tanqid qilgan, vazirlik 20 yil davomida Ostrogorskiyga o‘xshagan noinsoflar qo‘lida bo‘lganligi, uni o‘zi ishdan haydaganini, shunga qaramay vazirlik hisobotlarida haligacha Ostrogorskiyning hidi borligini ta’kidlagan edi.

Yig‘ilishdan so‘ng o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari tomonidan internetda eng ko‘p izlangan narsa Prezident o‘z nutqida bir necha marta tilga olgan «Ostrogorskiy» familiyasi bo‘ldi. Xo‘sh, Shavkat Mirziyoyevning g‘azabiga duchor bo‘lgan Ostragorskiy kim?

«Sputnik»ning xabar berishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostrogorskiy deganda Ella Ostrogojskayani nazarda tutgan. U Rustam Azimov moliya vaziri bo‘lgan kezlarda Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasining boshlig‘i bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan mazkur suratda sobiq moliya vaziri Rustam Azimovning o‘ng tomonidagi ayol maqolamiz qahramoni ekani aytiladi. Ammo bizga ma’lum qilishlaricha, bu Ella Ostrogojskaya emas.
Фото: «Ca-snj.com»

Prezident nutqida Ostrogorskiy (ya’ni Ella Ostrogojskaya) tilga olingan o‘rinlar:

«Aqlli Moliya vaziri bo‘lsang, o‘yla, noinsof, atrofingdagilarni hammasini haydavor. Qo‘chqorov shu yerdami? Men sizlarning oldingizda aytyapman, agar bir oy ichida o‘zgarish qilmasa, ishdan olaman. Menga bunaqa moliya kerak emas. Moliyada o‘tirganlarning hammasini haydaydi. Bitta Ostragorskiy degan noinsofni haydaganman, haliyam uning hidi kelib turibdi».

* * *

«Mana bitta misol: o‘tgan 2016 yil yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda mahalliy budjetga bir so‘m ham pul qolmagan. Bir so‘mniyam bermagan Ostrogorskiy-Mastrogorskiy-Sastragorskiy-Gastrogorskiy degan bir komanda bor. Faqat mendan qo‘rqardi ular, hozir hammasini haydavordim. Yana 2-3tasi qolgan endi. Mana bu yil: budjetni hamma tushumlarini bajardi Qoraqalpog‘iston, 90 milliard pul o‘ziga qolyapti — bitta hududda! Nimaga? Oldin ishlagan ham bir edi ishlamagan ham bir edi. Nega desangiz, tuman hokimi o‘zini moliyachisi, iqtisodchisi bo‘lgani bilan, u pul tushgan bilan unga tushmaydi-ku, Ostrogorskiyga tushadi. Suv yo‘q, gaz yo‘q, bolnitsa yo‘q, detsad yo‘q, issig‘liq yo‘q. Ostrogorskiy biladimi Qoraqalpog‘istondagi sharoitni. Ostrogrskiyga o‘xshaganlar yashaganmi Qoraqalpog‘istonda?

* * *

«Kechagi senatdagi muhokama meni ko‘p narsada o‘zgartirdi. Biz faqat odamlarga gap gapirishga bermaymizda. Agar gapirishga berganimizda, ular janob Qo‘chqorovga kerak bo‘lsa boshqa taklif berardi. Nimaga bu yerga tayyorgarlik qilmasdan keldi, deganlaringizda, men sizlardan rozi bo‘lardim. Men kecha juda chuqur ko‘rdim, lekin norozi bo‘ldim, Qo‘chqorov tayyorgarlik qilib bormagan. Nega desangiz, pastdagi o‘tirgan Ostrogorskiy degani yozib bergan, bu ko‘tarib sizlarga oborgan. Bundan keyin o‘zim ko‘raman budjetni. Lekin men sizlarga aytaman — sizlarga ma’qul budjet chiqadi».

«Sputnik»ning ma’lum qilishicha, Internet makonida Ostrogojskaya faoliyati tahliliga bag‘ishlab maqola yozgan O.Abdusalimov amaldor tomonidan aql bovar qilmas darajada «o‘zlashtirib yuborilgan» mablag‘lar, va uning chet elda o‘qib, o‘sha yerda yashab qolgan farzandi haqida bayon etar ekan, shunday deydi: bunday vaqtda adolatli savol tug‘iladi, o‘z kelajagini O‘zbekiston bilan bog‘lamasligi kundek ravshan bo‘lib turgan bu singari odamlar qay tarzda O‘zbekistonning iqtisodiyot, mudofaa majmuasi va kuch tuzilmalaridagi eng muhim jabhalarning moliyaviy ta’minotini nazorat qilmoqda? Moliyaning «oddiy» amaldorlari qimmatbaho mulklar uchun pulni qayerdan oldi va ularga boshqa mamlakatlarning fuqaroligi nima uchun kerak? O‘zbekistonning 20 yildan ortiq mustaqilligi davri davomida moliya-iqtisod sohasida malakali milliy kadrlarni tayyorlash imkoni bo‘lmaganiga ishonish qiyin. Bunday kadrlar ko‘tarilishga imkon berishmayotgan bo‘lsa kerak. Ularni ma’muriy-jamoaviy metodlar qo‘llash orqali mablag‘larni boshqarishga odatlanganlar yanchib kelmoqda. Bundaylarning davri esa allaqachon o‘tmishda qolgan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring