Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid-majmua ochilishga tayyor

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid-majmua ochilishga tayyor

Foto: «Islom.uz»

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi majmuada qurilish ishlari nihoyat o‘z yakuniga yetish arafasida, deya xabar berdi Islom.uz.

Majmua tarkibidagi masjidga kirish joyidagi muhtasham ichki va tashqi peshtoq to‘la qurib bitkazilgan. Majmuani bezab turadigan ikkita minora ustiga kichik gumbazlar o‘rnatilgan. Masjid ichidagi bezak ishlari yakuniga yetish arafasida.

Shuningdek, «So‘galli ota» maqbarasida ham bunyodkorlik ishlari o‘z yakuniga yetgan. Masjid hududidagi namozxona, ayollar namozxonasi, tahorat xonalari, minora, 3 ta kirish peshtoqi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan anjumanlar saroyi, tashqi va ichki favvoralar, majmua sahni, avtoulovlar uchun to‘xtash joylarida qurilish va bezak berish ishlari yakunlangan.

Majmua hududida bunyod etilgan muzeyda esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning umr yo‘liga oid qimmatli ma’lumotlar, u kishining ilmiy merosini jamlash rejalashtirilgan.

Tez kunlarda majmuaning foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring