Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov Xorazmdagi Prezident maktabi qurilishi bilan tanishdi

Sherzod Shermatov Xorazmdagi Prezident maktabi qurilishi bilan tanishdi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 2019 yil 30 may kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Tashrifi davomida Xiva shahrida barpo etilayotgan Prezident maktabiga bo‘lib, u yerdagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

So‘ngra Xiva shahar xalq ta’limi bo‘limi binosida tashkil etilgan «Prezident maktabi uchun hujjatlarni qabul qilish markazi»da bo‘lib, ishchi guruh a’zolari bilan uchrashdi. Qabul jarayonlarida adolat va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berdi. Markazga tashrif doirasida Sherzod Shermatov hujjat topshirayotgan ota-onalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

So‘ngra Ogahiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham bo‘lib, mazkur muassasani tashkil etish bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Sherzod Shermatov Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi majlisida ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring