Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya va Yaponiya kemalari to‘qnashib ketdi

Shimoliy Koreya va Yaponiya kemalari to‘qnashib ketdi

Foto: «Pixabay»

Bugun, 7-oktyabr kuni Yaponiya qirg‘oqlariga yaqin hududda, Noto yarimoroli shimolida Shimoliy Koreya va Yaponiya kemalari to‘qnashuvi ro‘y bergan. Bu haqda «Life» sayti Yaponiyaning NHK telekanaliga asoslanib xabar bermoqda.

KXDRning baliqchilar kemasi to‘qnashuvdan so‘ng cho‘kishni boshlagan, yigirmatacha odam ochiq dengizda qolib ketgan. Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati hodisa joyiga patrul kemasini jo‘natgan. Favqulodda vaziyat sabablari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, KXDR va Yaponiya o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring