Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Koreya rahbarining ajabtovur taqiqi sababi ochiqlandi

Shimoliy Koreya rahbarining ajabtovur taqiqi sababi ochiqlandi

Foto: TASS

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat aholisiga it boqishni taqiqlagani xabar qilingandi. Rasmiy Pxenyanga ko‘ra, xonadonda it saqlash burjuaziya va kapitalizm sarqiti  sanaladi. Endilikda it boqqan fuqarolar jazolanadi.  

Ammo xorij matbuoti it boqish taqiqlanishi ortidagi asl sabab mamlakatdagi oziq-ovqat taqchilligi ekanini aytmoqda. Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Janubiy Koreyada it go‘shti iste’moli kamaygan bo‘lsa, Shimoliy Koreyada aksincha – ushbu jonivor go‘shtiga talab oshgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya aholisining qariyb 60 foizi oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Xalqaro sanksiyalar hamda koronavirus pandemiyasi sabab chegaralarning yopilishi qashshoq aholini yanada og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Kim Chen In esa tashqi dunyodan yordam olinmasligi, mamlakat oziq-ovqat taqchilligiga qarshi mustaqil kurashishini bildirgan. 

Xabarlarga ko‘ra, taqiq e’lon qilinishi bilan uyda boqilayotgan itlar egalaridan tortib olinmoqda va zoopark yoki restoranlarga yetkazilmoqda.

Dunyodagi eng yopiq mamlakatlardan biri sanalgan Shimoliy Koreyaning kommunist rahbariyati turli cheklov va taqiqlarni joriy etgan. Mamlakatda internet va Wi-Fi’dan foydalanish imkoni mavjud emas. Aholi Shimoliy Koreyaning ichki kompyuter tarmog‘idan foydalanishi mumkin. Ichki tarmoq esa «mafkuraviy toza» saytlardan iborat. Mahalliy aholining xorijga qo‘ng‘iroq qilishi hamda chet elliklar bilan suhbatlashishi ham man etilgan. Kapitalistik dunyo mahsuloti bo‘lgan Sosa sola ichimligi savdosi ham taqiqlangan. Kommunistik partiya fuqarolarning soch turmagi qanday bo‘lishini-da belgilab bergan. Ortiqcha e’tibor tortuvchi turmak man etiladi. Mamlakat erkaklari sochini «dohiy» Kim Chen In kabi kuzab yurishga odatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring