Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Qozog‘istonda ichida 42 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus qorda qolib ketdi

Shimoliy Qozog‘istonda ichida 42 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus qorda qolib ketdi

Foto:«Sputnik»

O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi (Qozog‘iston) elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yil 27-yanvar kuni ichida 52 nafar yo‘lovchi, jumladan 42 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Shimoliy Qozog‘iston viloyati hududida qorda qolib ketgan va yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan evakuatsiya qilingan.

30-yanvar kuni avtobus marshrut bo‘yicha harakatlanishda davom etdi.

Anomal ob-havo sharoiti tufayli Qozog‘istonning qator hududlarida favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan, muhim avtotrassalar yopilgan.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarini Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rishga chaqirgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring