Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda 5 muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Sirdaryoda 5 muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Sardoba tuman hokimi Abduazim Xidirov «QR-kod» orqali mobil telefoniga kitob yuklab olmoqda.

Sardoba tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan «Besh ustuvor tashabbus – ma’naviy yetuk barkamol shaxs kafolati» mavzusida viloyat ko‘rgazmali to‘garaklar seminari o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish va ko‘tarilgan 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Sardoba tumanida ham bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyatida birinchi bo‘lib, Sardoba tumani maktablarida o‘quvchilar uchun elektron kitoblar «QR-kod» orqali mobil telefonga yuklab olish imkoniyati yaratildi. Endilikda tuman yoshlari ZiyoNET ta’lim tarmog‘idagi mavjud ko‘plab elektron kitoblarni – «QR-kod» orqali mobil telefoniga yuklab olganida, PDF formatida avtomatik ravishda ochiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring