Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda piyodalar o‘tish joyini chizish uchun Yevropadan mutaxassislar yollandi

Toshkentda piyodalar o‘tish joyini chizish uchun Yevropadan mutaxassislar yollandi

Foto: IIBB matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimiyati va IIBB hamkorlikda Slovakiyadan yo‘l harakati xavfsizligi mutaxassislarini taklif etishdi. Ular tomonidan 1.14.1 — tartibga solinmaydigan piyodalar yo‘lakchasi uchun oq va qizil ranglardan foydalanish taklif etildi.

Yevropa davlatlarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash tajribasi shuni ko‘rsatdiki, sariq-oq chiziqlar har doim ham ko‘zga tashlanmaydi. Ayniqsa, tungi vaqtlarda ko‘rish ancha qiyin. Qizil-oq rang esa haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham birdek ko‘rinib turadi.

O‘zbekistonda qizil-oq rangdagi ilk piyodalar yo‘lakchasi tajriba sifatida Amir Temur xiyobonidagi aylana yo‘lda chizildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring