Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfondagi «eng ochko‘z» 50 ilova: Instagram, Telegram, TikTok va boshqalar (infografika)

Smartfondagi «eng ochko‘z» 50 ilova: Instagram, Telegram, TikTok va boshqalar (infografika)

Akkumulyator quvvatini eng ko‘p sarflovchi 20 ilova.

Infografika: pCloud

Xavfsiz bulutli saqlash servisi — pCloud mutaxassislari turli mobil ilovalarni o‘rganib chiqishdi. Ularning orasidan smartfon resurslarini eng ko‘p sarflaydigan 50 ta ilova ro‘yxati tuzildi.

Dastlabki tadqiqotda so‘raluvchi ruxsatlar soni, «qora mavzu» (qora fon) bor-yo‘qligi va energiya sarfi hisobga olindi. Kompaniya saytida joylashtirilgan ma’lumotga ko‘ra, smartfon akkumulyatori quvvatini eng ko‘p sarflovchi ilovalar beshligiga Fitbit, Verizon, Uber, Skype hamda Facebook kiritilgan. Bu ro‘yxatda Instagram — 8, WhatsApp — 12, Zoom — 13, YouTube — 14, Telegram — 17-o‘rinda (tepadagi infografika).

Smartfon xotirasini eng ko‘p egallovchi 30 ilova

Infografika: pCloud

Ikkinchi tadqiqotda qaysi mobil soft smartfon xotirasida eng ko‘p joyni band etishi aniqlandi. Bu borada yetakchilar: United Airlines (437,8 MB), Lyft (325,1 MB) va Uber (299,6 MB). Shuningdek, Fitbit va Facebook ham beshlikda. YouTube — 9, TikTok — 11, Instagram —  25-o‘rinda.

Umumiy reyting

Infografika: pCloud
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring